Dual ta’lim
Texnikumda o‘qib, korxonada ishlash va maosh olish imkoniyati.
Dual ta’lim qanday ishlaydi
Dual ta’lim — o‘quv jarayonining nazariy qismi texnikumda, amaliy qismi esa hamkor korxonada, real ish o‘rnida olib boriladigan ta’lim shakli.
- O‘quvchi korxona bilan shartnoma asosida amaliyot o‘taydi;
- 2026/2027-o‘quv yilidan grant asosida dual ta’limda o‘qiyotganlarga har oy 1 BHM miqdorida stipendiya;
- Bitirgach ushbu korxonada ishda qolish imkoniyati.
Shirin energetika texnikumida 2026–2027-o‘quv yilida “Elektr tarmoqlari podstansiyalari uskunalariga xizmat ko‘rsatish” va “Dasturiy injiniring” yo‘nalishlari dual shaklda o‘qitiladi.