Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Qabul 2026–2027

Yo‘nalishlar, qabul kvotalari, hujjat topshirish tartibi va onlayn ariza.

Qabul tartibi

  1. Yo‘nalishni tanlang

    9 yoki 11-sinf negizidagi yo‘nalishlar va o‘rinlar soni bilan tanishing.

  2. Ariza topshiring

    my.edu.uz orqali onlayn yoki texnikumdagi qabul komissiyasiga.

    1–20-iyul (9-sinf)
  3. Hujjatlarni taqdim eting

    Shaxsni tasdiqlovchi hujjat, attestat yoki shahodatnoma, 3×4 rasm, tibbiy ma’lumotnoma.

  4. Natijani kuting

    Qabul natijalari my.edu.uz va texnikum kanalida e’lon qilinadi.

    Avgust

Qabul kvotalari

2026–2027-o‘quv yili uchun ajratilgan o‘rinlar (kasbedu.uz ma’lumotlari asosida).

Yo‘nalishNegizTuriTa’lim shakliO‘rinlar
Metallga qayta ishlov berish9-sinfAsosiyKunduzgi30
Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat koʻrsatish9-sinfXalqaro (qo‘shma)Kunduzgi60
Moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi9-sinfAsosiyKunduzgi30
Avtomobillar servisi9-sinfAsosiyKunduzgi30
Elektromontyor9-sinfAsosiyKunduzgi30
Elektromontyor9-sinfXalqaro (qo‘shma)Kunduzgi60
Kompyuter tarmoqlari va IT-servis9-sinfAsosiyKunduzgi30
Elektr stansiyalari uskunalarini taʼmirlash9-sinfAsosiyKunduzgi30
Dasturiy injiniring11-sinfAsosiyDual30
Kompyuter injiniring11-sinfAsosiyKunduzgi30
Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash sohasini metrologik ta'minlash11-sinfAsosiyKunduzgi30
Elektr tarmoqlari podstansiyalari uskunalariga xizmat koʻrsatish11-sinfAsosiyKunduzgi30
Elektr tarmoqlari podstansiyalari uskunalariga xizmat koʻrsatish11-sinfAsosiyDual30
Santexnika, isitish va konditsionerlar mexanigi11-sinfXalqaro (qo‘shma)Kunduzgi60
Bugʻ-gaz qurilmasiga xizmat koʻrsatish va ishlatish11-sinfXalqaro (qo‘shma)Kunduzgi60
Jami qabul o‘rinlari570

Onlayn ariza

Ma’lumotlaringizni qoldiring — qabul komissiyasi siz bilan bog‘lanib, hujjat topshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi.

Onlayn ariza hozircha yopiq

Qabul komissiyasiga telefon orqali murojaat qiling.

Ko‘p beriladigan savollar

Hujjatlar qachon va qanday qabul qilinadi?
9-sinf bitiruvchilari uchun hujjatlar odatda 1–20-iyul kunlari qabul qilinadi. Ariza my.edu.uz platformasi orqali onlayn yoki texnikum binosida qabul komissiyasiga topshiriladi. 11-sinf negizidagi qabul muddatlari alohida e’lon qilinadi.
O‘qish pullikmi?
9-sinf bitiruvchilari davlat granti asosida bepul o‘qiydi. 11-sinf negizidagi yo‘nalishlarda grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari mavjud — aniq sonlar har yili qabul parametrlarida e’lon qilinadi.
Stipendiya beriladimi?
2026/2027-o‘quv yilidan dual ta’lim asosida grantda o‘qiyotganlarga har oy 1 BHM, a’lo o‘qigan (85%+) va tanlov g‘oliblariga 3 BHM miqdorida stipendiya belgilangan.
Yotoqxona bormi?
Ha. Uzoq hududlardan kelgan o‘quvchilar texnikum yotoqxonasi bilan ta’minlanadi.
Dual ta’lim nima?
Dual ta’limda o‘quvchi vaqtining bir qismini texnikumda, qolgan qismini hamkor korxonada ishlab o‘qiydi. Bu real ish tajribasi va ish joyiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Xalqaro dasturlar qanday?
“Bug‘-gaz qurilmasiga xizmat ko‘rsatish va ishlatish” hamda “Santexnika, isitish va konditsionerlar mexanigi” yo‘nalishlari Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi hamkorligida o‘qitiladi.

Qabul komissiyasi