Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Kasb-hunar egallayotgan yoshlarga yuksak e’tirof

Yutuq23-avgust, 20261 daqiqa46

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining bilimi, intellektual salohiyati, kasbiy mahorati hamda tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yurtdoshlarimiz Prezident Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xususan, kasbiy ta’lim tizimining 3 nafar vakili ham ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.

“Shuhrat” medali bilan

Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna - Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati

Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati