
Shirin energetika texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Xolbozor Xudoyqulov A.A. Badalov va X.A. Alimovlar bilan hammualliflikda “Energotexnologik obyektlar uchun muqobil energiya manbalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini nashr ettirdi.
Mazkur qo‘llanma energiya tejamkorligi, energoaudit va qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ustozimizni ushbu ilmiy-ijodiy yutug‘i bilan muborakbod etamiz!
Yangi izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Izlanishdan to‘xtamang, Ustoz!