
2026-yil 2-sentabr kuni Shirin energetika texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda Shirin shahar hokimi o‘rinbosari F. Alimov hamda texnikum direktori A. Xusanov ishtirok etib, barcha professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
Shundan so‘ng barcha guruhlarda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Mustaqillik darslari tashkil etildi.
Darslarda ota-onalarning ham faol ishtirok etgani tadbirlarning mazmunli va samarali o‘tishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barchamizga omad va ulkan zafarlar olib kelsin!






