Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Zamonaviy kasbiy ta’lim — sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida texnikumlarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan “Avgust kengashi” seminar-treningi tashkil etildi.

Tadbir29-avgust, 20261 daqiqa123

Seminar-treningda Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlarining umumta’lim fanlari, aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagoglari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, dars jarayonlariga zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish, o‘quvchilarning amaliy va tahliliy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonini mehnat bozori talablariga uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirish va ta’lim natijadorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribala