
Bugun "Shirin Energetika" jamoasi O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati uchrashuvini kuzatish hamda milliy terma jamoamizni xalqimiz bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar markaziga tashrif buyurdi.
Bu uchrashuv nafaqat navbatdagi futbol bahsi, balki O‘zbekiston futboli tarixidagi unutilmas sahifalardan biridir. Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va zafar tilaymiz!
Oq niyatlar bilan maydonga!
Ishonch bilan g‘alaba sari!
O‘zbekiston uchun birlashamiz!
OLG‘A, O‘ZBEKISTON!


