Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

9–11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!

E’lon20-iyul, 20261 daqiqa243

Texnikumlarda sizni 300 dan ortiq zamonaviy kasb va mutaxassisliklar kutmoqda.

DIQQAT! 9-sinflar uchun bugun hujjatlar qabulining oxirgi kuni

Texnikumni tanlasangiz, sizni quyidagi imkoniyatlar kutadi

Har oy BHMning 1 barobari miqdorida stipendiya - grandga o'qishga kirib dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilarga.

BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya — a’lo o‘qigan (85%+) va tanlov g‘oliblari uchun.

1 milliard so‘mdan ortiq Prezident sovrini — WorldSkills xalqaro chempionatida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun.

“Work and Travel” dasturi orqali xorijda ishlab, daromad topish imkoniyati.

Xorijiy tillar bo‘yicha 600 soatgacha chuqurlashtirilgan ta’lim.

Mahalliy va xalqaro dasturlar orqali sertifikat olish imkoniyati.

Startup va innovatsion loyihalarda ishtirok etib, amaliy tajriba orttirish.

Ishga joylashganda ijtimoiy soliq 1% etib belgilangan.

11-sinfni tugatib texnikumda o'qiganlarga universitetda 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati.

Qabul onlayn: my.edu.uz

Murojaat uchun: 78 707-28-28

⏰ Bugun hujjat topshiring — ertaga kasb egasi, malakali mutaxassis va muvaffaqiyatli inson bo‘ling!