Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Yangi modulli ta’lim dasturlari amaliyotda

Tadbir10-avgust, 20261 daqiqa264

Shirin energetika texnikumida “Yangi modulli ta’lim dasturlari: mazmun va mohiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Boyovut va Xovos tumanlari hamda Shirin shahridagi texnikumlarning kasbiy fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi.

Jarayonda yangi modulli ta’lim dasturlarini o‘quv jarayoniga joriy etish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida pedagoglar o‘zaro tajriba almashib, kasbiy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar.

Telegram Instagram Facebook Website