
Joriy yilning 27-aprel kuni Shirin energetika texnikumida barcha o‘quv guruhlarida “Innovatsion fikrlash” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda yoshlar orasida zamonaviy fikrlashni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni targ‘ib qilish hamda intellektual salohiyatni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘quvchilar innovatsion g‘oyalar, kreativ yechimlar va zamonaviy texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar hamda o‘z loyihalarini taqdim etdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.






