Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Shirin energetika texnikumida “Al jabr” loyihasi doirasida sport musobaqasi tashkil etildi

Tadbir23-aprel, 20261 daqiqa150

2026-yil 23-aprel kuni Shirin energetika texnikumida “Al jabr” loyihasi doirasida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar hamda Amir Temur MFY yoshlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennis turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zaro do‘stona va murosali muhitda kuch sinashib, yuqori sport mahoratini namoyon etdilar.

Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Ushbu tadbir yoshlar orasida sportga qiziqishni oshirish va ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.