
Joriy yilning 20-aprel kuni Shirin energetika texnikumida o‘quvchi-talabalar uchun “Milliy o‘zlik” mavzusida “Kelajak soati” tashkil etildi.
Tadbir guruh rahbarlari tomonidan o‘tkazilib, unda yosh avlodni ma’naviy barkamol etish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarda kitobxonlikka qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda mustaqil va erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish tadbirning asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi.



