Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Jaholatga qarshi — ma’rifat

Tadbir8-aprel, 20261 daqiqa235

2026-yil 7-aprel kuni Shirin shahrida radikallashuvning oldini olish hamda diniy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida muhim targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir shahar hokimligi, DXX shahar bo‘linmasi va IIB hamkorligida “Yoshlar markazi” binosida o‘tkazilib, unda ijtimoiy soha vakillari, Shirin energetika texnikumi o‘quvchi-talabalari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida quyidagi dolzarb mavzularda davra suhbati tashkil qilindi

• O‘zbekiston — dunyoviy davlat

• Ijtimoiy tarmoqlardagi xatarlar

• Yoshlar ongini himoya qilish masalalari

Shuningdek, ishtirokchilarga

2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun

2025-yil 25-fevraldagi fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlashga oid davlat siyosati konsepsiyasi

mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

i