Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini oʻtkazish tartibi belgilandi

Yangilik9-aprel, 20261 daqiqa277

Hukumat qarori (152-son, 08.04.2026 y.) bilan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

⏳ Nizomga koʻra, 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar (shu kuni ham) elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Tanlovda

▪ 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band boʻlmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;

▪ 2-bosqichda – texnikum oʻquvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–3-oʻrin egalari;

▪ 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–5-oʻrin egalari ishtirok etadi.

Tanlov tegishli kasb boʻyicha moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda oʻtkaziladi.

Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

1-oʻrin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;

2-oʻrin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;

3-oʻrin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.

Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Ushbu musobaqada qatnashib g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga esa - 2500 BHM baravari, ya’ni 1 mlrd 30 mln so‘m; ustoziga - 450 baravari, ya’ni 185 mln 400 ming so‘m pul mukofoti beriladi.