Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Kasb-hunar ko‘nikmalari — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam

Yangilik5-iyun, 20261 daqiqa174

Shirin energetika texnikumi pedagog-muhandislari tomonidan Shirin shahrida joylashgan 49479-harbiy qism askarlariga bir qator kasb yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Mazkur kurslar davomida askarlarga

“Kompyuter texnikasi montajchisi”

“Elektromontyor”

“Payvandlovchi”

“Avtomobil dvigatellarini ta’mirlash chilangari”

“Erkaklar sartaroshlik ishlari”

kasblari bo‘yicha nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar berib kelinmoqda.

Mashg‘ulotlar tajribali pedagog-muhandislar tomonidan olib borilib, askarlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni kelgusida mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.

Bunday amaliy kurslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kasb egallashi hamda kelajakda mustaqil faoliyat yuritishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.