Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Shirin energetika texnikumida attestatsiya jarayonlari o‘tkazildi

Yangilik5-iyun, 20261 daqiqa76

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligining 2026-yil 29-apreldagi 48-son hamda 2026-yil 14-maydagi 56-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari tashkil etildi.

2026-yil 4-iyun kuni Shirin energetika texnikumida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining attestatsiya jarayonlari belgilangan tartibda o‘tkazildi.

Attestatsiya davomida ishtirokchilarning kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda pedagogik mahorati tegishli komissiya a’zolari tomonidan baholandi. Jarayon amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.

Mazkur attestatsiya ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini aniqlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.