Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi davom etmoqda

Yangilik2-iyun, 20261 daqiqa287

KASBIY MAHORAT MILLIY TANLOVI DAVOM ETMOQDA

Shirin Energetika texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining bir qator kasb yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar davom etmoqda.

Bugun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi

Sartaroshlik yo‘nalishi — 3 nafar ishtirokchi

Oshpazlik yo‘nalishi — 4 nafar ishtirokchi

Payvandlash yo‘nalishi — 3 nafar ishtirokchi

Bellashuvlar davomida mas’ullar tanlov jarayonlarini yaqindan kuzatib borishdi, ishtirokchilar bilan suhbatlashib, ularning amaliy ishlari va mahoratlarini ko‘zdan kechirdilar.

Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlar tasdiqlangan reja-grafik asosida keyingi kunlarda davom ettiriladi.

Ushbu tanlov yoshlarning kasbiy mahorati, ijodkorligi va amaliy salohiyatini namoyon etishiga xizmat qilib, qizg‘in va murosasiz bellashuvlar ruhida davom etmoqda.