Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi davom etmoqda

Yutuq5-iyun, 20261 daqiqa139

2026-yil 4-may kuni Shirin energetika texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Santexnika va isitish tizimlari montajchisi yo‘nalishi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar belgilangan mezonlar asosida adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy tajribalarini mustahkamlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!