Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanloviga tantanali start berildi

Yutuq1-iyun, 20261 daqiqa217

Shirin energetika texnikumida mazkur nufuzli tanlovning ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov mehnatkash va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda professional mahoratini namoyon etishga qaratilgan.

Tadbirni Shirin shahar hokimi o‘rinbosari Alimov Farrux Suyarqulovich ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Ochilish marosimida tuman mutasaddilari, soha vakillari, tajribali ustalar, pedagoglar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida kasb-hunar egalariga yaratilayotgan imkoniyatlar, malakali kadrlar tayyorlash va yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.