
2026-yil 1-iyun kuni Shirin energetika texnikumining barcha o‘quv guruhlarida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida milliytarbiya.uz platformasi asosida tayyorlangan ta’limiy dastur namoyish etildi hamda o‘quvchilarga muhim ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar yetkazildi.
Qurbon hayiti munosabati bilan ushbu muqaddas ayyomning mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etishi, aynan shu qadriyatlar jamiyatimiz taraqqiyoti va porloq kelajagimizning mustahkam poydevori ekanligi haqida fikr almashildi.
Shuningdek, imtihonlar nafaqat baholash jarayoni, balki bilim, sabr-toqat va mas’uliyatni sinovdan o‘tkazuvchi muhim bosqich ekani ta’kidlandi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tayyorlangan videoroliklar namoyish etilib, bolalarning huquqlari, manfaatlari va ularni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.






