
30 Shirin energetika texnikumi hamda Shirin shahar sport maktabi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga muvofiq, joriy yilning 25-may kuni “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 30 yoshdan yuqori toifasi bo‘yicha “Mahalla ligasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Musobaqada Shirin shahrining 1- va 3-sektorlaridan 30 yoshdan yuqori bo‘lgan erkaklar hamda ayollar jamoalari faol ishtirok etishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar musobaqaning shahar bosqichiga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘lishdi.



