
“AL-JABR TALENT DAY” – bilim, iqtidor va ijodiy yondashuvlar bellashuvi!
Shirin energetika texnikumining “Al Jabr” loyihasi doirasida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Al-Jabr Talent Day” bellashuvi yuqori kayfiyat va raqobat ruhida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
eng muhimi — ingliz tilida erkin muloqot qilishni kuchaytirish
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli intellektual, kreativ va tilga oid topshiriqlar orqali o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar. Jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va kommunikativ ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
G‘olib jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib, tantanali ravishda taqdirlandi.
# #ShirinEnergetikaTexnikumi
# #AlJabrLoyihasi
# #TalentDay
# #InnovationInEducation
# #FutureEngineers

