Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Texnikum o‘quvchilari Malayziyadagi ITEX xalqaro ko‘rgazmasida muvaffaqiyat qozondi

Yutuq22-may, 20261 daqiqa232

Dunyoning eng nufuzli texnologik ko‘rgazmalaridan biri hisoblangan Malayziyada bo‘lib o‘tgan “ITEX” xalqaro innovatsiyalar ko‘rgazmasida Shirin energetika texnikumi o‘quvchilari yuksak natijalarni qayd etdi.

Texnikumning “Al Jabr” loyihasi doirasidagi qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan o‘quvchilar

Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li hamda

Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li

xalqaro ko‘rgazmada o‘z innovatsion ishlanmalari bilan munosib ishtirok etib, 2 ta OLTIN MEDAL sohibiga aylanishdi.

G‘olib o‘quvchilar

“Santexnika, isitish va konditsionerlar mexanigi”

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish”

yo‘nalishlarida tahsil olib kelmoqda.

Mazkur yutuq nafaqat Shirin energetika texnikumi, balki mamlakatimiz ta’lim tizimi hamda yosh innovatorlar salohiyatining xalqaro miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi.