
2026-yil 18-may kuni Shirin energetika texnikumining barcha o‘quv guruhlarida “Mening portfoliyum” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, milliytarbiya.uz platformasi asosida tayyorlangan maxsus ta’limiy dastur namoyish qilindi.
Shuningdek, “portfolio” tushunchasi o‘quvchilarga shaxsiy rivojlanish jarayonini aks ettiruvchi muhim vosita sifatida izohlandi. U har bir o‘quvchining bilim va ko‘nikmalari, erishgan yutuqlarini jamlaydigan hamda ularning o‘sish dinamikasini ko‘rsatib beradigan tizim ekanligi ta’kidlandi.
Maqsad
O‘quvchilarda o‘z ustida ishlash, shaxsiy rivojlanish va kelajak kasbiy yo‘nalishini ongli ravishda shakllantirish ko‘nikmalarini mustahkamlash.





