Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Ochiq eshiklar kuni

Tadbir15-may, 20261 daqiqa106

2026-yili Shirin energetika texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda bitiruvchi maktab o‘quvchilari, prokuratura vakillari, hokim o‘rinbosari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tashrif buyuruvchilarga texnikumda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalish va mutaxassisliklar, amaliy hamda nazariy ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar texnikumdagi laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari va kasbiy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ularga zamonaviy kasblarni egallash, dual ta’lim imkoniyatlari, kelajakda ish bilan ta’minlanish hamda o‘z ustida ishlash orqali yuqori natijalarga erishish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Ochiq eshiklar kuni yoshlarning kasb tanlashiga ko‘maklashish, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.