Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Shirin energetika texnikumida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir14-may, 20261 daqiqa50

Unda shahar prokurori Sh. Suyunov, Shirin shahar hokimi o‘rinbosari F. Alimov, Sirdaryo IES AJ direktori B. Sobirov va texnikum direktori A. Xusanovlar yoshlar bilan uchrashdi.

Rahbarlar tomonidan yoshlarga kelajakda to‘g‘ri yo‘l tanlashi va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida texnikumda katta imkoniyatlar mavjudligi bo‘yicha, shuningdek bundan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, yechimlari bo‘yicha ma’lumot berildi. Ayrim muammoli vazifalarni hal etishda tegishli rahbarlarga amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Mazkur muloqot yoshlarning huquqiy ongini oshirishga, ularda mas’uliyat hissini kuchaytirishga hamda kelgusida to‘g‘ri yo‘lni tanlashlariga xizmat qiladi.