
Joriy yilning 12-may kuni Shirin energetika texnikumida o‘quvchi-talabalar uchun ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida texnikum hamshirasi X. Norjigitova tomonidan orfan kasalliklari, irsiy kasalliklar hamda Dyushen kasalligi va uning davolash usullari bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakunida o‘quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan to‘liq va batafsil javoblar berildi.



