Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

“Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Tadbir25-iyun, 20261 daqiqa75

Shirin shahridagi Yoshlar markazida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida Shirin Energetika Texnikumi o‘quvchi-talabalari hamda shahar aholisi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va osoyishtalikni asrash, milliy qadriyatlarni e’zozlash hamda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, san’atkorlar tomonidan Vatan, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir ishtirokchilarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlol ne’matlariga shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.