
Joriy yilning 26-iyun kuni Shirin Energetika Texnikumida Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi, Amir Temur MFY aholisi hamda texnikum ishchi-xodimlari ishtirokida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash va aholi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Bunday sport tadbirlari aholining taklif va tashabbuslari asosida muntazam ravishda tashkil etilib, texnikum tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.





