
2026-yil 1-iyuldan boshlab texnikumlarga hujjatlarni onlayn qabul qilish jarayoni start oldi.
9-sinf bitiruvchilari uchun
570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud.
166 ta kasb-hunar yo‘nalishi
Umumiy qabul kvotasi — 202 657 ta
Arizalar 1–20-iyul kunlari qabul qilinadi.
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari
14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi.
Umumiy kvota — 1 760 ta
Shundan 1 640 tasi davlat granti
Hujjatlarni my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: 2026-yilda 9-sinf bitiruvchilarining 34 foizini texnikumlarga qamrab olish rejalashtirilgan.
Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan tashlang!