Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Ochiq osmon ostida milliy kino zavqi!

Tadbir2-may, 20261 daqiqa283

2026-yil 1-may kuni Shirin energetika texnikumi o‘quvchi-talabalari uchun texnikumning yashil va so‘lim bog‘ida unutilmas kino oqshomi tashkil etildi.

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Kinokarvon” loyihasi doirasida mashhur Berlin-Oqqo‘rg‘on o‘zbek milliy badiiy filmi ochiq osmon ostida namoyish etildi.

Ushbu ma'naviy tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, tarixga hurmat va ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Shirin energetika texnikumida nafaqat bilim, balki yuksak ma'naviyat ham qadrlanadi!