Shirin shahri, A. Temur MFY, Ibn Sino ko‘chasi, 19-uy

Oiv va sil kasalliklariga qarshi tushuntirish tadbiri

Tadbir5-may, 20261 daqiqa72

Joriy yilning 5-may kuni Shirin energetika texnikumida o‘quvchilarga ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasining 2026-yil 30-apreldagi №01-03-4/333-son hamda viloyat hokimining 2026-yil 29-apreldagi 03-3-58-sonli xatlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Shirin shahar tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifokori Umidjon Sharipov tomonidan OIV infeksiyasi va sil kasalliklarining oldini olish, ularning oqibatlari hamda himoyalanish choralariga oid muhim ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.