
29–30-aprel kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan “Yashil energetika” Respublika bosqichi musobaqasida Shirin energetika texnikumi o‘quvchilari yuksak natijani qo‘lga kiritdi.
Xususan, texnikumda amalga oshirilayotgan “Al-Jabr” (O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni) qo‘shma loyihasi jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Ushbu yutuq — o‘quvchilarning chuqur nazariy bilimlari, mustahkam amaliy ko‘nikmalari hamda innovatsion fikrlash qobiliyatining yorqin ifodasidir.
Mazkur natija kasbiy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
G‘olib jamoani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!
Veb-sayt — Telegram — Youtube
